O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oilaviy turizm, ijtimoiy turizm va ayniqsa ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, “Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va murabbiylik guruhi talabalari bilan hamkorlikda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida sayohatni tashkil qildilar. Prezidentning dam olish kunlarini uzaytirish bo‘yicha imzolagan farmoniga asosan kafedra professor-o‘qituvchilari uzaytirilgan dam olish kunlarida Samarqand, Jizzax va Qo‘qon shahriga tashrif buyurishdi. Ushbu sayohatning maqsadi yurtimizning boy madaniy merosi, tarixi va urf-odatlarini yaqindan o‘rganish hamda yoshlarda vatanparvarlik, birdamlik hisini mustahkamlashdan iboratdir.
Kafedra mudiri B.A.Xudayarov