“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini masofaviy tashkil etish bo‘yicha “ONLINE” muloqat

Bugun “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasida TIQXMMI bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi bo‘yicha “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalarining yozgi ishlab chiqarish amaliyotini masofaviy tashkil etish bo‘yicha “ZOOM platformasi” orqali onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu onlayn muloqotda “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi direktori Sh.Mayinov, Bosh muhandisi M.Abduraximov, fakultet dekani Sh.Narbaev, “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri A.Babajanov, amaliyot rahbari Z.Xafizova hamda “Yer tuzish va yer kadastri” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda direktor Sh.Mayinov “Geoinformkadastr” DUKning bugungi kundagi ish faoliyati bilan tanishtirdi hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini masofaviy tarzda tashkil etilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, jumladan malakali mutaxassislar biriktirilib, talabalarga kerakli normativ va texnik xujjatlar bilan tanishib borishlari uchun ma’lumotlar va maslahatlar berilib borilishi haqida ta’kidladi.

Fakulteti dekani Sh.Narbayev jahonda ro‘y berayotgan COVID-19 pandemiyasi sharoitida, yurtimizda 10 iyuldan 1 avgustgacha e’lon qilingan karantin davrida amaliyotlarni masofaviy tashkil etish tartibi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng A.Bobojonov va Z.Hafizovalar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali o‘tkazish to‘g‘risida fikr almashildi va amaliyotni elektron axborot almashinuvi tarzida tashkil etish, mutaxassislar tomonidan onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda sohaga oid vedeodarslar yordamida amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va yetarlicha javoblarini olishdi .

Amaliyot rahbari, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Xafizova ma’lumoti