Qiziqarli Fizika

Bugun 14.03.2018 08.30 da institutimiz 2 kurs 1-2-3- guruh talabalariga “Magnit oqim elektromagnit induksiya xodisasi” mavzusida ochiq ma’ruza taqdim   etdi. Ochiq ma’ruzada Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Toxir Sultonov, Iqtisod va menejment fakulteti dekani Olimjon Ko‘charov, Yerdan foydalanish fakulteti dekani Zarif Muqimov, O‘quv-metodika boshqarmasi Maftuna Tosheva hamda “Fizika va kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

O‘qituvchi ma’ruzani qiziqarli tarzda  talabalarga Faradey qonuni, induksion toklarning hosil bo‘lishi, elektromagnit induksiyasi hodislarini talabalarga jonli tarzda, talabalar bilan muloqot asosida tushintirib berdi.

Magnit oqimning o‘zgarishida yopiq konturda induksion tokning paydo bo‘lishi jarayonini Lens qonuniga asosan talaba o‘z qo‘li bilan yasagan   induksion tokning yo‘nalishini aniqlaydigan qurilma orqali ko‘rib o‘tdilar.

Ma’ruzani talabalar auditoriyasi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishdi hamda o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

         O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti