Ulug‘larni yodlash, aslida, inson qalbining osoyishtaligi va dil pokligiga boi bo‘ladi. Odamzot ruhiyatidagi ana shu ehtiyoj ma’naviy oziqdir. Biz kimlarning avlodlarimiz, ulardek bo‘lish biz uchun sharaf, toki ajdodlarimizga munosib bo‘lmas ekanmiz ular ruhi shod bo‘lmaydi kabi mulohazalar bizni doim qutlug‘ maqsadlar sari yetaklaydi. Odamzot ruhiyatining tozarishi ham buyuk bobolarimiz, yirik valiyullohlar qadamjolarini ziyorat qilish savob ham xayrga daxldordir.
“Zangiota” ziyoratiga borishni anchadan beri niyat qilgan institutimiz talabalarining bir guruhining orzusi ushaldi. Ular 20 oktyabr kuni “Zangiota” ziyoratgohiga borishdi.
Ajdodlarga munosib bo‘lish uchun tinmay o‘qib-o‘rganish, izlanish hamda intilish zarur ekanligini ular yana bir bor his etishdi.
Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilotining yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov