Salomatlik garovi

Inson salomatligi har narsadan aziz. Shunday ekan kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish afzaldir. Bu fikrni ko‘p eshitganmiz. Shu haqda ko‘p va xo‘p yozilgan. Oynai jahon orqali qator ko‘rsatuvlar tayyorlangan. Har bir hodisaning oqibati bilan kurashgandan ko‘ra, uning savbalari bilan qiziqish maqsadga muvofiq. Shunday ekan, salomatlik garovi bo‘lgan gigienik qoidalarga amal qilish, ehtiyotkorlik muhimdir. Ana shunday jonli va samimiy suhbatlardan birida ishtirok etish sharafi institutimiz ahliga nasib etdi.

2018-yil 5-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining professor-o‘qituvchilari va talaba qizlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Mahalla" telekanali orqali efirga uzatiladigan "Mehrigiyo" ko‘rsatuviga taklif etildilar.

Ushbu ko‘rsatuvda “Reproduktiv salomatlik va nogironlikning oldini olish” bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarining qiziqqan savollari bilan faol qatnashdilar. Hamjihatlikda tayyorlangan ushbu ko‘rsatuv ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi.

 

Institut xotin-qizlar kengashining raisasi Z. Xafizova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov