Yetakchilik - sharaf

Fidoyi bo‘lishga intilish ham xayrlik. Qalbida olovi, qo‘lida qalovi bo‘lganlargina yalovbardor bo‘la oladi. Liderlik faoliyati ham aslida, ana shu tuyg‘udan boshlanadi. Yetakchilik xuddi shu ma’noda sharafga loyiq.

2018 yil 21 Sentyabr kuni fakultetga qarashli B-112 xonada fakultet dekani B.B.Hasanov, dekan o‘rinbosarlari A.Azimov, B.Normo‘minov, A.Xalimbetov, S.Ro‘ziev va institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti vakili A.Mutalov hamda fakultetda ta’lim olayotgan akademik guruhlar “Yoshlar ittifoqi” yetakchilaridan 36 nafari ishtirokida “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining Yoshlar kengashi hisobot – saylovi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fakultet dekani B.Hasanov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab – quvvatlash to‘g‘risida” gi Farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora – tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Qarori qabul qilinganligi, o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar va boshqa masalalar yuzasidan hamda fakultetda Yoshlar yetakchiligi vazifasini bajarish uchun 3 nafar nomzodlar ro‘yxatini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng nomzodlarga ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylov o‘tqazildi bunda 3 kurs talabasi Rayimov M.S. “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi etib saylandi.

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov ma’lumoti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov