Odamlar galasi o‘tar yonimdan,
Qarayman-qarayman hammasi tanish.
Bilmayman ismin ham, kasbin ham, ammo
Bilaman barida buyuk intilish.
Bir paytlari O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova ana shunday yozgan edilar. Xalq qalbidagi jo‘shqinlik va g‘ayrat-shijoatni buyuk intilish va oliy maqsadlar sari talpinishdan boshlanishini to‘g‘ri e’tirof etgan edilar.
Joriy yilning 2-martida institutimizning iqtidorli talaba qizlari bilan birgalikda “Mushoira” kechasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu mushoirada talaba qizlar va fakultetlarning xotin-qizlar kengashlari raislari faol katnashdilar. Talaba qizlar o‘zlari yozgan she’rlarni hamda shoira Zulfiyaxonimning sherlarini qiziqish va zavqu shavq bilan o‘qib berishdi.
Institu xotin-qizlar qo‘mitasining raisasi Z.Hafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov