Sohibqiron yodi

Buyuk ajdodlar yodi, qilgan ezgu amallari avlodlari uchun doim g‘urur va iftixor manbai bo‘lib kelgan. Ularni xotirlash bilan bog‘liq ishlar xayrli ham savobga daxldordir.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti moderatorligida joriy yilning 6 aprel kuni institut Madaniyat saroyida ulug‘ ajdodimiz buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomidagi sahnaviy chiqishlar va konsert dasturi ham ko‘pchilikka ma’qul keldi.

Tadbirni institut Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Q. Shavazov ochib berdi va Amir Temurning butun hayotini o‘rganib chiqqan, “Meros tarixiy – ilmiy instituti” direktori olim A.Karimov o‘z ma’ruzalari hamda xonanda A.Isokov Amir Temurga bag‘ishlangan kuy – qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan Amir Temur hamda Boyazid jangidan sahna ko‘rinishi tomoshabinlarda iliq taassurot qoldiribgina qolmay, balki ularni yurtparvarlik va adolatparvarlikka chorladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi va tarbiyaviy jihatlari bilan talabalar qalbidan joy oldi.

 

 

QXM fakulteti ma’naviy – ma’rifiy ishlar  bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ikrom Raximov axboroti,

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.