Adabiyot yashasa millat yashaydi. Bunday buyuk so’zlar zamirida katta ma’no mujassam bo’lgan. Bizning tilimiz ham uzoq davrlar mobaynida sayqallanib, hozirgi darajaga yetdi. Bu darajaga yetishish uchun ko’plab insonlar o’z umrlarini baxshida qilganlar.
Biz Alisher Navoiy ismini eshitganimizda ko’z oldimizda buyuk bir siymo namoyon bo’ladi. Shunday buyuk zotlarni xotirlash biz yosh avlodning ham vazifamiz, ham burchimizdir. Shu munosabat bilan 2018-yining 9-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar ittifoqi yoshlar yetakchisi S.Vapayev va XQQ BT raisi D.Madazizovalar tomonidan tashkillashtirilgan va yoshlar ittifoqining faol talabalari tomonidan institutimizning madaniyat saroyida she’riyat mulkining sultoni, insonparvar, o’zbek tilining rivojiga katta hissa qo’shgan, ma’naviyat sohasida barchamizga ibrat bo’lgan Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 577 yilligiga bag’ishlab “ULUG’LARNI YOD ETIB” mavzusidagi adabiy-badiiy tadbir o’tkazildi. Tadbirni institutimizning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori Shovazov Qodirjon Ochilovich bobomiz Mir Alisher Navoiy haqidagi fikrlari bilan ochib berdi.
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar hamda talabalarga bobomizning o’sha davr hamda hozirgi kungacha va kelajakda ham nomi o’chmas bo’lib muhrlangani, asarlarining qay darajada qimmatbaholigi haqida gapirib o’tdilar. Institutimiz yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining faol talabalarning bobomiz qalamiga mansub g’azallarini o’qishlari, unga atalgan sahnaviy chiqishlari, ko’tarinki ruhdagi raqslari tadbirga kelgan tomoshabinlarning olqishiga sabab bo’ldi.
Tadbir qaysidir ma’noda talabalarning adabiyotga qiziqishini, ishtiyoqini oshirdi desak, adashmagan bo’lamiz.
Alisher Navoiy bobomizning xalq uchun, insonlar uchun amalga oshirgan ishlari nafaqat o’zbek millatining balki butun dunyo xalqlarining xotirasidan uzoq asrlar davomida tilga olinishiga hech shubha yo’q.
Tadbirni tashkil etishda yaqindan ko’mak bergan “Gidromelioratsiya” fakulteti rahbariyatiga talabalar nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusida bunday tadbirlarning fakultetimizda ko’plab tashkil etilishiga ishonamiz.
“Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar ittifoqi yoshlar yetakchisi Sardor Vapayev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov