Bugun 27 fevral 2018 yil institutimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Matyaqubov Baxtiyar Shamuratovich 2 juftlikda 2 kurs 8-9-9A guruh talabalariga “Sug‘orish usullari va texnikasi. Sug‘orish usullarini qo‘llash shartlari” mavzusida Ochiq ma’ruza mashg‘ulotini taqdim etdi.Ochiq ma’ruzada TIQXMMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Soliev Baxodir Komilovich, Gidromelioratsiya fakulteti dekani Alisher Fatxulloyev, Qishloq va suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish fakulteti dekani Akbar Gapparov, O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
O‘qituvchi o‘z ma’ruzasini boshlar ekan, avvalo yer ustida sug‘orish texnologiyasining qo‘llashning afzalliklari va kamchiliklarini birma-bir tushintirib o‘tildi.
Talabalar ma’ruza davomida mavzuga doir ko‘rgazma materiallar orqali “Yer ustida sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha:
Darsning so‘ngida o‘qituvchi talabalar bilan dunyoda sug‘orish tizimida qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar haqida fikr almashdilar.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti