Tabassum ham sadaqadir

1 – iyun kuni 2-TTJ ma'naviyat xonasida  tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullaeva Dilorom Muxiddinovna talabalar bilan "Tabassum ham sadaqadur" mavzusida ma'naviyat soati o'tkazdi.

Tabassum ibodat hisoblanadi. Nabiy Salallohu alayhi vasalam Abu Zarr roziyallahu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda "Birodaring yuziga qarab qilgan tabassuming sadaqadir" deb marhamat qilganlar.

Tabassum kishi yuzi uchun ajoyib badantarbiya hisoblanadi. U inson jismj va aqliga foyda beradi, qon bosimini oshirishdan va yurak xastaliklaridan himoya qiladi. Psixologik tomondan qaralsa tabassum qilgan inson xursand bo'lganda organizmda  endorfin garmoni ishlab chiqaradi bu esa  inson hayotini umrini uzaytirib beradi. Organizmni sog'lomlashtirib ishlamayotgan a'zolarini ishlatib beradi.

Har doim bir-biringizga tabassum bilan boqing. Bir - biringizga yaxshilik qiling payg’ambarimiz  Muhammad s.a.v. Men birovni kònglini og’ritishdan kòra Makkai Madinani yetti marta buzib yetti marta qurgan bòlar  edim degan ekanlar. Bu bilan  payg'ambarimiz inson qalbini Makkayu Madinadan ham ustun qòygan ekanlar. Yerdagi odamni xòrlash kòkdagi himoyachisini inkor etishdir deyilgan Bu bilan esa kimki dilozordir Allohni inkor etgandir.

Talabarlarga muomala odobi haqida qoidalar ishlab chiqildi va talabalarga tadbiq etildi.

O'zingizni shunday tutingki, hamma joyda sizni xushmuomalalik bilan kutib olishsin.

1. Boshqa odamlar bilan chin yurakdan samimiy qiziqing.

2. Tabassum qiling.

3. Odamni ismi qanday tilda bo'lishidan qattiy nazar, o'zi uchun eng shirin va eng muhim ovoz ekanligi hamisha yodingizda tursin.

4. Yaxshi tinglovchi bo'ling. Boshqalarga o'zlari to'g'risida gapirishlarini rag'batlantiring.

5. Hamsuhbatingiz bilan u qiziqqan mavzuda suhbatlashing.

6.Suhbatdoshingizga uning qadr-qimmati va ahamiyati beqiyosligiga ishontiring va buni chin qalbdan oshiring.

Odamlarni o'z nuqtai nazaringizga moyil etishga undovchi o'n bir qoida.

1.Tortishuv baland kelishning yagona usuli undan voz kechishdir.

2. Hamsuhbatingiz fikriga bajo keltiring. Odamga hech qachon "sen nohaqsan" demang.

3.Agar siz nohaq bo'lsangiz, bunga tez va qat'iy ravishda iqror bo'ling.

4.Gapni boshidanoq, do'stona ohangni qo'ldan qo'ldan boy bermang.

5. Hamsuhbatingizni darrov "ha" deb javob berishga majbur qiling.

6.Ko'proq vaqt hamsuhbatingiz  gapirsin.

Tadbirda QSXEA, GIM fakulteti talabalari faol qatnashishdi.

Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti.