2018 yil 20 aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti 4-bosqich talabasi Shodiyor Miliyev Suvni tejash texnologiyalari bo‘yicha ixtiro yaratgan. Shu kashfiyot bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida Shodiyor Miliyev yotoqxona misolida ixtironi mohiyati, mazmuni va boshqa ixtirolardan farqi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Bu ixtiro ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Davra suhbati juda qiziqarli savol-javoblarga boy qiziqarli darajada o‘tkazildi.
Tadbirda "Gidromelioratsiya” fakulteti dekani Alisher Fatxullayev, “Magistratura” bo‘limi boshlig‘i Asror Yangiyev, “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri Abduxakim Saloxiddinov, “Gidromelioratsiya” fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Xayrulla To‘ychiyev hamda tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar ishtirok etishdi.
4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov