TIQXMMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot institutining gidromeliorativ tizimlar laboratoriya mudiri B.Soliev tomonidan, “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 1-6-guruh talabalariga “Zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarining bugungi kundagi o‘rni” mavzusida interfaol usullar bilan seminar o‘tkazdi.
Ushbu seminarda bitiruvchi talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda, ishlab chiqarishda qo‘llash usullari va imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shu bilan birga zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarining qo‘llash sharoitlari, hozirgi kun talabiga javob beradigan yangi sug‘orish texnologiyalari, ishlab chiqarilayotgan ob’ektlar to‘g‘risida keng yoritib berdi.
Ushbu mavzu talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi, ular shiddatli o‘zgarishlar davriga munosib mutaxassis bo‘lib yetishish uchun nimalar ustida ishlashlari kerakligini bilib olishdi.
Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savol berishdi va savollariga to‘liq javoblar olishdi.
Ma’lumot “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, dotsenti B.Suvanov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov