“Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti Hayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishi talabalari va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazi bilan seminar trening bo‘lib o‘tdi. Shu haqda to‘xtalib o‘tsak.
Seminar treningda qidiruv-qutqaruv guruhi komandiri vvb serjant D.Murodov. Suvda qutqaruv guruhi komandiri katta serjant A.Toshpo‘latov, RKB guruhi komandiri serjant F. Norpo‘latov hamda kafedra mudiri Xaydarov T.A., kafedra dotsenti p.f.n. Parmanov A.E. dotsent Xojiev A., assistent Rajabov N. va Boymetov M va talabalar ishtirok etishdi.
Seminar trening mavzusi “Avariya qutqaruv va tog‘ qutqaruviga tayyorgarlik. Tog‘li hududlarda hamda yuqori qavatli binolarda qutqaruv ishlarini olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari.
“Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti Hayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishi 409 - guruh talabalari bilan 2018 yilning 26 fevral sanasida avariya qutqaruv ishlari fanidan Favqulodda vaziyatlar vazirligidan asosiy mutaxassis xodimlar bilan ochiq muloqot tarzda suhbat tashkil qilindi. Ushbu suhbatda hayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishi 3-4 kurs talabalari ishtirok etishdi. Talabalar suhbatni diqqat bilan tinglashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va ularga javob olishdi.
Talabalarga qiziqarli bo‘lgan tomoni shundan iboratki, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasida ishlatiladigan asbob-uskunalarni va maxsus kiyimlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Talabalar maxsus kiyimlarni kiyib asboblardan foydalanish usullari bilan tanishdi.
Ushbu suhbatdagi talabalar bilimlari amalda mustahkamlandi, malaka va ko‘nikmalari oshdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov