O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3702 qarorida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan 2018 yil 11 may kuni Suv xo‘jaligi vazirligining potensial ish beruvchi tashkilotlarining rahbarlari bilan o‘quv me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Suv xo‘jaligi vazirligining Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Shomayramov hamda institutning Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari kafedrasi, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi, Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish kafedrasi va Eletrotexnika va mexatronika kafedralarining olimlari ishtirokida “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” va “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari va kadrlar iste’molchilarining talablari asosida yangidan fanlar kiritildi va fanlarga ajratilgan o‘quv soatlari optimallashtirildi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti