Ilm va tahsilning o’zaro hamkorlik zamiriga qurilishi har tomonlama foydalidir. Magistrlarni o'zaro darslarga jalb etish maqsadida ustoz-shogird tizimini rivojlantirish bo'yicha “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti birinchi kurs talabalariga Geodeziya fanidan ustoz-shogird ochiq darsi o'tkazildi. Darsda kafedra o'qituvchisi Islomov O'tkir va “Geodeziya va kartografiya” (geoinformatika) yo'nalishi magistranti Safaev Sanjar sohadagi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish mavzusida ochiq dars olib bordi. Hozirgi kunda shogirdlarni darslarga o'zaro qatnashishi institutimizda an’ana tusini olgan. Bu esa ulardagi hamkorlik tuyg’usining o’sishiga ham xizmat qilmoqda.
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.