Vatan tuyg’usi - yurt qayg’usi

14–yanvar - Vatan himoyachilari kuni. Bu qutlug' sana mamlakatimizda vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat, mardlik va jasurlik kabi ezgu qadriyatlarni, xalqimizga, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislariga xos bo'lgan yuksak fuqarolik fazilatlarini o'zida mujassam etadigan tom ma`nodagi umumxalq bayramiga aylandi.

Hozirgi kunda dunyoda oldindan aytish qiyin bo'lgan vaziyat hukm surayotgan murakkab bir sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni ta`minlash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini chuqur anglagan holda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan  2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor  yo'nalishlardan biri sifatida belgilandi. Zero, Prezidentimiz aytganidek,  harbiy xizmatchilar barchamiz uchun sadoqat na’munasidir.

Manashu tuyg’ularni talabalarimiz qalbida shakllantirish maqsadida 14–yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 12 yanvar kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi 103-guruh murabbiyi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti D.G.Yulchiyev talabalarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari davlat muzeyiga olib bordi va talabalarni  muzeyda saqlanayotgan eksponatlar bilan tanishtirdi.

 

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Davron Yulchiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov