2020 yil 5-may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Pedagogika, psixologiya va fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda hohlovchilar uchun Zoom onlayn platformasi orqali “Boshqaruv psixologiyasi” fanidan “Psixologicheskie osobennosti deyatelnosti po vыrabotke upravlencheskix resheniy” deb nomlangan vebinar-trening tashkil etildi. Mazkur vebinar-treningda “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti D.Mukumova moderatorlikni olib bordi. Aynan quyidagi mavzular: 1. Изучение идивидуальне свойства организатора, руководителя. 2. Изучение типа темперамента позволяет оптимизировать и усилить процессы управления. 3. Познавание личностные черты темперамента- моделируется личность «Сильного руководителя» asosida talabalar bilim va tajribalarini oshirdilar.
Mavzuni o‘zlashtirish bilan bir qatorda iqtisod yo‘nalishi talabalari o‘zlari to‘g‘risida barcha psixologik bilimlarga ega bo‘ldilar, zero xar bir inson o‘zi to‘g‘risidagi bilimlarga qiziquvchan bo‘lishi tabiiy holdir. Ya’ni har bir talaba o‘ziga xos individual psixologik xolatlarini, temperament tiplarini dars davomida testlar orqali aniqlab oldilar. Shu bilan bir qatorda o‘zlaridagi yashirin xususiyatlar va ayon bo‘lgan kamchiliklarni aniqlash imkoniga ega bo‘ldilar. Shuni ta’kidlash joizki, insonlar tabiatiga xos bo‘lgan boshqaruvchanlik qobiliyatini rivojlantirish, takomillashtirish va raxbar-xodim o‘rtasidagi vaziyatlarni imkon qadar progress jarayonida tashkil etilshi xaqida xam keng ma’lumotlarni o‘zlashtirib oldilar.
Hozirgi pandemiya sharoitida respublikamizda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalarida darslarni onlayn ko‘rinishga keltirish bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Shu jumladan, institutimizda tashkil etilgan mazkur vebinar-trening bu amaliy ishlarning mantiqiy davomchisi hisoblanadi. Mazkur platforma orqali vebinar tashkil etish kafedra professor-o‘qituvchilarining uy sharoitida bir-birlari bilan muloqot olib borishlari va yangilik almashishlari yuzasidan qulay imkoniyat yaratildi. Shuningdek, vebinarga ulangan institut talabalarida ham berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishi jarayonida masofaviy ta’lim ko‘rinishiga nisbatan motivatsiya shakllanmoqda. Bu albatta ijobiy tomonga qo‘yilgan muhim qadam.