Hurmatli talaba va pedagoglar!

Institutimizda "IQ-SHOW" deb nomlangan talabalarning intellektual qobiliyati va innovatsion salohiyatlarini sinashga qaratilgan musobaqaviy dasturning muntazam ravishda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Dastavval, fakultetlararo, keyinchalik esa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu o‘yin talaba-yoshlarning kreativ qobiliyatlarini ommalashtirish va moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan.
Ushbu intellektual-musobaqaviy dasturning ilk, Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan nishona soni 14 mart kuni institutning ARMida soat 15.00.da bo‘lib o‘tadi.