21.04.2018 yil kuni “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakultetida “22 aprel – Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Yer resurslaridan foydalanishda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida ilmiy-amaliy semenar o‘tkazildi.
Seminarning asosiy maqsadi - O‘zbekistonda yer resurslaridan barqaror foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish, yerlarni muhofaza qilish muammolari va yechimlariga bag‘ishlangan ma’ruzalarni muhokama qilish, ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan tavsiya va takliflarni o‘quv jarayoniga hamda ishlab chiqarishga tavsiya etishdan iborat.
Ilmiy-amaliy semenarda institut va DAVERGEODEZKADASTR qo‘mitasining rahbariyati, sohadagi korxona va tashkilot deriktorlari bir guruh mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, magistrlar va fakultetning iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
“G va GI” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.N.Abduraxmonov axboroti