USAID PEER dasturi doirasida Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutlari (TIQXMMI) hamkorligida treyning tashkillashtirildi. Ushbu treyning yer va suv resurslarini boshqarishda geoaxborot tizimlari (GAT) va masofadan obyektlarni tadbiq etish hamda evapotranspiratsiya hisobini amalga oshirishda erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan uslub va qo’llanmalarni talabalar va tadqiqotchilar bilan ulashish maqsadida tashkillashtirildi.
“Trans chegaraviy Amudaryo havzasidagi suv resurslari va qishloq xo’jaligi maxsulotlariga iqlim o’zgarishi, yerdan foydalanish va moslashuv tadbirlari ta’siri” hamda “Amudaryo havzasida suvdan foydalanish unumdorligini oshirish yordamida suvga bo’lgan raqobatni suslashtirish” loyigalari USAID PEER dasturi tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, mazkur loyihalar suv xo’jaligini va havzaviy boshqaruvni ta’minlashda suv xo’jaligida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda ilg’or va raqamli modellashtirishni joriy etishga yo’naltirilgan. Hududdagi institut va universitet hodim va talablarni salohiyatini oshirish mazkur loyihalarning asosiy tarkibiy qisimlaridan biri bo’lib, joriy training Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti hamda Gidrometeorologiya xizmati markazi yosh ilmiy hodim va talabalarini geoaborot tizimlari va masofadan obyektlarni o’rganishdagi bilim va ko’nikmalarini o’shirish o’ziga maqsad etib olgan.
Mazkur treyning GAT and masofadan obyektlarni ilim va amaliyotda o’rganish muhimligi, IWMIni mintaqamizda olib borayotgan ilmiy ishlari va USAID PEER loyihalari mavzusidagi taqdimotlar bilan TIQXMMI ilmiy ishlar bo’yicha prorektor T.Z. Sultonov hamda IWMI tadqiqotchilari tomonidan ochib berildi. O’quv dasturi o’zbek tilida olib borildi va unda 15 ta talaba hamda tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Treyning yakunida barcha qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.