“Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XVII–yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumanining yopilish tadbiri 2018 yil 14 aprel kuni soat 12:00 da institut ilmiy kengashlar zalida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor T.Sultanov hamda 11 ta sho‘baning rais, ham rais va kotiblari ishtirok etdilar.
Anjumanning yopilishida 11 ta sho‘ba raislari har bir sho‘ba bo‘yicha hisobot berib, maqolalar muhokamasini o‘tkazish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berdilar.
Anjuman sho‘balari bo‘yicha jami topshirilgan maqolalar soni 409 ta bo‘lib, shundan 355 ta maqola himoya qilindi, shuningdek 22 ta maqola qo‘shimcha tarzda muhokamadan o‘tkazildi. Shuning bilan “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XVII–yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumani o‘z ishini yakunladi.
XVII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar anjumani- I tom
XVII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar anjumani- II tom