2018 yil 11 iyun kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi "Yoshlik" shaharchasi Kengashi Farrux Axmedov, Mirzo Ulug‘bek tumani O‘zMTDP Shukur Nazarovlar bilan hamkorlikda 26 iyun – “Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik – jamiyat illati”, “Giyohvandlik – XXI asr vabosi”, “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” va “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, tadbirda talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida shunday tadbirlarni O‘zMTDP bilan hamkorlikda tashkillashtirib hamkorlikda ishlayotgani uchun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov O‘zMTDP "Yoshlik" shaharchasi Kengashi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.