Yurt mudofaasi – fuqarolik burchimiz

2018 yilning 15 yanvar kuni 4-sonli talabalar turar joyida  “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalariga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti harbiy kafedrasi 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan institut harbiy kafedrasi mudiri podpolkovnik Minlishev Rafik Zilevich, podpolkovnik Tagaev Vadim Ismailovich  harbiy kafedrada ko‘p yillar samarali mehnat qilib kelayotgan hamda nafaqadagi o‘qituvchi-ofitser, podpolkovnik  Ergashev Xaydar Ikromovich, 4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotovlar  hamkorligida  “Vatan sarhadlarini himoya qilish burchimiz”  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi xamda talabalarga videoroliklar qo‘yib berildi.

Minlishev Rafik Zilevich,  Ergashev Xaydar Ikromovichlar  so‘zga chiqib mamlakatimiz qurolli kuchlari 26 yil davomida har jihatdan rivojlangan mamlakatlar armiyalaridan qolishmaydigan professional armiyaga aylanganini O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar akademiyasida zamonaviy harbiy bilimlarni egallagan, Sharqiy sarkardalarning, avvalo, sohibqiron Amir Temurning harbiy san’atini, jahon harbiy ilmi va jangovar tayyorgarligining ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirgan oliy qo‘mondonlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilganini  takidlab o‘tdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti 3-bosqich talabasi Ro‘zmatov Abror talabalarimizni qurolli kuchlarimizning 26 yillik bayrami bilan tabriklab vatan haqidagi she’rini o‘qish bilan kayfiyatini yanada ko‘tardi.

Davra suhbati  so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil ma’lumot berildi.

 

4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov