Inson idroki va aqlini charxlashda intellektual o‘yinlarning o‘z o‘rni bor. Musobaqaviy tarzda o‘tgan o‘yinlar bo‘sh vaqtlardan unumli foydalanishda ham asqotadi.
2018 yil 7 may Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida 7-8 qavatlar o‘rtasida tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov “Zakovat” intelektual o‘yinini o‘tkazdi.
Intellektual o‘yinida “Gidromelioratsiya” fakultetining 2 - bosqich talabasi Jaxongir Eshtemirov boshlovchilik qildi. Unda 1-bosqich “Yoshlar” jamoasi, 2-bosqich “Ittifoq ” jamoasi talabalari ishtirok etishdi.
Intellektual o‘yinida “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi laboratoriya mudiri Yorqin Turdiboev qatnashdi.
O‘yin keskin fikrlar to‘qnashuviga va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Mantiqiy savollar bilan birgalikda qiziqarli statistika ma’lumotlari berib o‘tilganligi ayniqsa, ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazish va tahsil olayotgan talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, bir necha bosqichda tashkil etib ularning kitob mutolaasiga, yangi manbalarni qidirib o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada oshirish va rag‘batlantirishdir.
4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Qutlimurotov Javlonbek axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.