Talim yo’nalishlarining “Traktorlar, qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik tizimlari” fani uchun o’quv materiallari ishlab chiqish bo’yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so’rov)

Talim yo’nalishlarining “Traktorlar, qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik tizimlari” fani uchun o’quv materiallari ishlab chiqish bo’yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so’rov)

Tashkilot/Institut/Kompaniya: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI)

Loyiha nomi: Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish

Loyiha ID: AIF 2/16

O’QUV MATERIALLARI ISHLAB CHIQISH BOYICHA KONSULTANT XIZMATLARI

TIQXMMI Jahon bankining O’zbekiston Respublikasida Oliy ta'limni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Akademik innovatsiyalar fondining “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo’jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirmoqda va loyiha mablag’larining malum bir qismini konsultant maslahatchi xizmatlari uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

Konsultant maslahatchi xizmatlari Qishloq va suv xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish talim yo’nalishlarida o’qitilishi rejalashtirilgan “Traktorlar, qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik tizimlari” fani uchun o’quv materiallari ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. O’quv materiallari ishlab chiqish bilan bog’liq ishlarni 18.10.2021y - 18.12.2021y oralig’ida bajarilishi rejalashtirilgan.

TIQXMMI konsultantlar yoki tashkilotlar/kompaniyalarni yuqoridagi xizmatlarni ko’rsatish uchun qiziqishlarini bildirishga taklif qiladi. O’quv materiallari quyidagilarni o’z ichiga oladi, lekin faqat shular bilan chegaralanmaydi:

  • fanni namunaviy va ishchi o’quv dasturlari, kalendar reja
  • maruzalar to’plami/kursi
  • amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma yoki tavsiyalar
  • mustaqil talim bo’yicha uslubiy ko’rsatma yoki tavsiyalar
  • maruza mavzulari bo’yicha presentatsiyalar
  • talabalar bilimini tekshirish uchun testlar

Konsultant Jahon bankining "Jahon bankidan qarz oluvchilar tomonidan konsultantlarni tanlash va ishga olish" (joriy nashr) qo'llanmasida keltirilgan tartib-qoidalarga muvofiq tanlanadi.

O’quv materiallarini ishlab chiqishga qiziqish bildirgan nomzodlar yoki tashkilotlardan takliflarni (hujjatlar to'plamini) 2021 yil 16 oktabrga qadar muhrlangan konvertda loyiha ofisiga yetkazilishini taminlashi so’raladi. Hujjatlar to’plamida fan uchun rejalashtirilayotgan maruza, amaliy va laboratoriya ishlari mavzulari mundarijasi, ishni tashkil qilish bo’yicha qisqa reja va byudjet, nomzod konsultant yoki tashkilot haqidagi malumotlar (pasport malumotlari yoki ustav, CV/malumotnoma, diplomlari, sertifikatlari va boshqa hujjatlar nusxalari) bo’lishi kerak.     

Qiziqish bildirgan konsultantlar quyida keltirilgan elektron pochta yoki telefon orqali qo’shimcha malumotlar olishi mumkin.

Manzil:

TIQXMMI, V-bino, V-306, 310 xonalar

Qori Niyazov ko’chasi 39 uy

Toshkent, 100000 O’zbekiston

Telefon: 998 71 237 2534

E-mail: aif-agr-eng@tiiame.uz 

Vebsayt: http://international.tiiame.uz/ru/page/Oliy%20ta'limni

Texnik koordinator: Mansur Amonov