Butayarov Abduqodir Tuxtayevichning dissertatsiya ishi himoyasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengashning 2021- yil 17- sentyabr soat 1400 dagi navbatdagi yig‘ilishi

KUN TARTIBI

Talabgor Butayarov Abduqodir Tuxtayevichning 06.01.02–“ Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha “Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi. Ilmiy Kengash raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.