2022 yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, maqsadli doktorantura va stajor-tadqiqotchisi hamda mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti

quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2022 yil uchun   tayanch  doktorantura, doktorantura, maqsadli doktorantura va stajor-tadqiqotchisi  hamda mustaqil izlanuvchilikka

                                                       qabul e’lon qiladi:      

tayanch doktorantura, doktoranTura, MAQSADLI DOKTORANTURA VA STAJOR-TADQIQOTChIga:

 

T/r

Ixtisoslik shifri

va nomi

2022 yil uchun ajratilgan kvotalar soni

Tayanch doktorantura

Doktoran

tura

Maqsadli

tayanch

doktorantura

Stajor- tadqiqo

tchi

1

01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi

2

1

2

05.01.06-Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari

3

1

3

05.05.07-Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar

va elektr uskunalar

5

2

1

4

05.07.01-Qishloq xo‘jaligiva melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya  ishlarini mexanizatsiyalash

8

1

1

5

05.09.06-Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi

5

1

1

1

6

05.09.07-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi

5

1

1

1

7

05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish

3

1

8

06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma deqonchilik

8

1

1

1

9

06.01.10-Yer tuzilishi, kadastr va yer monitoringi

4

1

10

07.00.01-O‘zbekiston tarixi

1

11

08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

4

1

12

09.00.04-Ijtimoiy falsafa

2

13

11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

3

1

14

11.00.07-Geoinformatika

4

16

13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi

3

Jami

60

6

6

8

 

Talab qilinadigan hujjatlar:

Tayanch doktorantura, maqsadli tayanch  doktorantura, stajor-tadqiqotchiga:

- ariza;

- qisqacha biografik ma’lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy - ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari  (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lgan ishlar takdim etiladi)

Doktoranturaga:

-ariza;

-qisqacha biografik ma’lumotnoma;

-mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

-tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

-nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari ( fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishgan, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola  hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lgan ishlar takdim etiladi).

Mustaqil izlanuvchilikka:

-qisqacha biografik ma’lumotnoma;

-falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

-mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

-ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

-fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

-ish joyidan tavsifnoma.

Hujjatlar 2021  yilning  15 oktabriga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Qori-Niyoziy ko‘chasi, 39. 

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (8-371) 237-09-46, 237-19-61.