Xorij bilan hamkorlik xorij tilini bilishdan boshlanadi.

Joriy yilning 1-4 noyabr kunlari institutning 1-ma’ruzalar zalida “USCHOOL” o‘quv markazi jamoasi va barcha fakultetning 1-2 kurs talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  TIQXMMI xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov so‘zga chiqib, xorijda ta’lim olish shart-sharoitlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ingliz tilining bugungi kundagi mehnat faoliyatidagi, ilmiy tadqiqot jarayonidagi va qolaversa, kundalik hayotdagi ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashildi.

“USCHOOL” o‘quv markazi rahbari Farxod Shukurov ushbu o‘quv markazi tarixi, AQShlik pedagog xodimlari faoliyati, ingliz tili kursi darajalari va shart-sharoitlari haqida talabalarga so‘zlab berdi. Uchrashuvda qiziqarli o‘yin tarzida tashkil etilgan mashqlar bajarildi va g‘oliblarga shirinliklar taqdim qilindi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga javob oldilar.

TIQXMMI  matbuot xizmati