TIQXMMI Qarshi filiali talabalari uchun kapital taʼmirdan chiqarilgan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

TIQXMMI Qarshi filialining talabalar turar joyi 200 o‘ringa mo‘ljallangan. TTJda talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, maroqli dam olishi va darslarini tayyorlashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Barcha qavatlar muzlatgich, zamonaviy kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, televizorlar va dazmollar bilan jihozlandi.

Tantanali marosimda TIQXMMI o‘quv ishlari bo’yicha prorektori t.f.d. prof. Xudayarov Baxtiyar Alimovich, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faxriy xodimi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan irrigator Rahimov Botir, filial professori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi  Mamatov Farmon Murtozevichlar ishtirok etishdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati