TIQXMMI Buxoro filiali OTM filiallari reytingida 1-o'rinda!

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjuman davomida joriy yilda ilk marotaba oliy taʼlim muassasalari filiallari reytingi eʼlon qilindi. Reyting natijalariga koʻra, yuqori oʻrinlarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaoligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali 1-o'rinni egalladi. Qayd etish lozim, mazkur reytinglarni tuzishdan maqsad filiallarning taʼlim sifatiga boʻlgan hisobdorligini oshirish va ularni taʼlim sifatini oshirish boʻyicha mehnatlarini ragʻbatlantirishdir.

Mazkur reyting talabalarning bilim darajasi, filial ilmiy salohiyati, bitiruvchilarning ish bilan taminlanganlik holati va yana bir qator kategoriyalar inobatga olingan. Mazkur yuksak e'tirof bilan TIQXMMI Buxoro filiali professor-o'qituvchilari jamoasini va ishchi-xodimlarini chin yurakdan qutlaymiz. Kelayotgan yil yakunlarida ham xuddi shu kabi e'tirofga yana bir bora sazovor bo'lishimiz uchun yuqori darajada ishlashni davom ettirishimiz shart!

TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati