“Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari o’rtasida futbol musobaqasi

O’zbekistonda yoshlarning  sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning  doirasida “Gidromelioratsiya” fakultetining I- bosqich talabalari o’rtasida  sportnng turli yo’nalishlarida musobaqlaar tashkil etilmoqda. Shular jumlasidan institutimizning  talabalari o’rtasida futbol bo’yicha “Dekan kubogi ” tashlil etildi. 20.10.20121 yil bo’lib o’tgan musobaqada I-bosqichning 107-guruhi peshqadamlik qilib, ilgari natijalarni qayd qilishdi. Tantanali ravishda g’olib guruh talabalariga esdalik sovg’alari va “Dekan kubogi” topshirildi.

Ularning harakatlarini rag’batlantirish va ishtiyoqlarini yanada oshirish maqsadida g’olib guruh  talabalari  bilan “Olimpia shon-shuhrat muzeyi “ ga tashrif buyurish rejalashtirildi. Bundan keyingi  sport musobaqalarida aynan futbolni yanada rivojlantirish xususida kelishib olindi. Birinchi o’rinni olgan guruh talabalariga ”Rektor kubogi”da fakultet nomidan qatnashib, uni himoya qilishlari aytilib, talabalarni o’quv jarayonlariga xalaqit qilmagan holda institut sport zallaridan darsdan keyingi vaqtlarda shug’illanishlariga  keng imkoniyat yaratib berildi.

TIQXMMI  matbuot xizmati