Bilimdon talabalar bellashuvi

Joriy yilning 5-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti yoshlar ittifoqining tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shu bilan birga, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yinlari tashkil etildi. Mazkur tadbirda 55 nafar talaba-yoshlar qamrab olinib, o‘yin jamoalarga bo‘lingan holda savol - 7javoblar tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda tarix, adabiyot, mantiq, huquq, jug‘rofiyaga oid 15 ta savol o‘ynaldi. Ishtirokchilar tomoshabinlarning qizg‘in qo‘llovi ostida har bir savolga bir daqiqa ichida javob berishga harakat qilishdi.

Bilimlar bellashuvida 1-o‘rinni 308-guruhning "Innovatorlar" jamoasi, 2-o‘rinni 112-guruhning "Star" jamoasi, 3-o‘rinni 211-guruhning "PUBG" jamoasi egallashdi. Tadbir davomida fakultet dekani  Q.Shavazov bu kabi intellektual o‘yinlar talaba-yoshlarning egallagan bilimlarini mustahkamlashda, fikrlash qobiliyatlarini namoyon qilishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. Tadbir so‘ngida g‘oliblar va faollar fakultet ma’muriyati va yoshlar ittifoqining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

  

                               YOBIB dekan muovini  K.Usmonov

                  TIQXMMI matbuot xizmati