Axloqiy va huquqiy me'yorlar haqida suhbat

2021-yil 5-noyabr kuni institutda XQK tomonidan OTM №451 buyrug‘i asosida  "Oliy ta’lim muassasalari talaba qizlari, muassasalarda ishlovchi ayollar o'rtasida tegajog'lik, tazyiq va zo'ravonliklar to'g'risida tadbir bo'lib o'tdi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi "Femida-himoya" - advokatlar hay’ati advokati Mavjuda Chuyarova ishtirok etib, mavzu yuzasidan ishtirokchilarga to‘laqonli tushunchalar berib o‘tdi. Xususan, ayrim ta’lim muassasalarida talabalar bilan rahbariyat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning tashkil etilmaganligi, talabalarga nisbatan tazyiq jismoniy zo‘ravonlik,

xususan talaba qizlarga nisbatan tegajoqlik holatlari uchrayotganligi , talaba–qizlar, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi professor o‘qituvchi va xodim ayollar o‘rtasida tegajoqlik, tazyiq va zo‘ravonliklar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa vositasi - himoya-otv-bot, ya’ni Himoya tarmog‘i tashkil etilganligi, shuningdek,  ushbu holatlar haqida murojaatlar bo‘lgan holda 1006 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkinligi , salbiy  holatlar yuzasidan xabar olingan kundan boshlab 24 soat ichida xizmat tekshiruvi yoki o‘rganishlar o‘tkazilishi, yakunlar bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga batafsil axborot berishi lozimligi ta’kidlandi. Tadbir ishtirokchilari , talaba qizlar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javoblar berildi.

TIQXMMI  matbuot xizmati