“Eng namunali xona”

Joriy yilning 4 noyabr kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talaba-yoshlari joylashgan 5 talabalar turar joyida “Eng namunali xona” ko’rik tanlovi o’tkazidi. Ushbu tadbirda fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H.Eshova, tarbiyachi pedagog Sh.Islamova, tyutorlarimiz Ibragimova Surayyo, Xursandova Dilafro’z, Vafoeva Manzura, talaba-yoshlar va boshqalar ishtirok etishdi. Fakultet dekani kirish so’zi bilan tadbirni ochib berdi. Shundan so’ng talabalar xonalardagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. TTJ da tashkil etilgan talabalar kengashi faollari doimiy ravishda talabalar turar joyida tartib intizomni saqlashda kamarbasta ekanligi, sanitar-gigienik xolatini saqlash hamda “Eng namunali xona” sifatida tanlangan 10-nafar xonada yashovchi talabalar bilan suhbatlashishdi. Ushbu talabalar o’zlariga biriktirilgan xonalarini uchun barcha sharoyitlar qilgan, xonalar gigienik jihatdan toza va ozoda, barcha shkaf, javonlar vositalarining saklanishi, o’qish uchun yaratilgan qulaylik va kitob javonlari bilan boshqa talabalar xonasi uchun namuna bo’ldi. Qolgan xonalar ham xudu shunday xonalarini tozza-ozoda bo’lishlari talabalarga tushuntirildi.

10 nafar namunali xonalarga tashakkurnoma va kitob taqdim etildi. Mazkur tadbirdan talabalarimiz uchun fakultetga qarashli akademik litsey yotoqxonasida barcha sharoitlar mavjudligi, shuningdek ma’naviyat xonasida dars tayorlash hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun televizor, kitob va gazeta, jurnallar mavjud. Talaba-yoshlarimizdan faqat tartib-intizom, xona va oshxonalarni toza, ozoda tutishlari talab qilinadi. Ushbu “Eng namunali xona” bo’yicha o’tkazilgan tanlov ayni muddao bo’ldi. O’ylaymizki, barcha xonalar ham namunali xonalardan o’rnak olishadi.

 

 

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati