"Zakovat" intellektual o’yin

2021 yil 5 noyabr kuni Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Alisher Mutalov hamda ET va EJF kafedrasi o’qtuvchisi Dilmurod Akbarov bilan birgalikda 5-tashabbusning 4-tashabbus bo’yicha yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida va intelelektual saloxiyatini rivojlantirish maqsadida “Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakulteti  2-kurs talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘yinda fakulteti dekani A.J.Isaqov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Mutalov, fakultet yoshlar yetakchisi A.Ubaydullayev ishtirok etishdi. Hakam hamda mehmon sifatida Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultet yoshlar yetakchisi  Xo'janqulov Javlon yuqori saviyada olib bordi. Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdir. Xususan, "Zakovat" intellektual o‘yinida 2-kurs talabalari iborat 6 ta jamoalar ishtirok etishdi. Ushbu o‘yinda 1-o‘rinni 204-guruh “TJICHAB” nomli talabalari jamoasi, 2-o‘rinni 207-kurs “IT” talabalari jamoasi va 3-o‘rinni 211-kurs “Major” talabalari jamoasi egallashdi. Jamoalarga fakultet rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

QSXET fakultet dekan o’rinbosari A.Mutalov
TIQXMMI matbuot xizmati