Gidrogeologiya-Injenerlik geodeziyasi va Gidrometeorologiya sohalari uyg’unligi talabalar nigohida

Pedagoglar “Bola yetaklovchilar” ekan, ularni “Buyuk kelajak sari”, katta-katta maqsadlar tomon yetaklash-asosiy burchimizdir. Pedagogikada ekskursiya, dala tadqiqotlari, “kalit maydonlar” kabi usullar borki, bular yordamida olingan nazariy bilimlar amaliyotda, joyning o’ziga chiqib, mustahkamlanadi. Xalqimizda “Ming bor eshitgandan, bir bor ko’rgan afzal” degan naqlga amal qilgan holda, talabalar qiziqishi va istaklarini inobatga olgan holda, Gidrometeorologiya xizmati markaziga darsdan keyin dots. O.Ro’ziqulova boshchiligida sayohat uyushtirildi. Gidrogeologiya yo’nalishi 108-guruh talabalari eng qadimgi iqlim ma’lumotlarini o’lchash stantsiyasi bo’lgan Toshkent meteostantsiyasida bo’lib, iqlim ma’lumotlaridan: tuproq va havo haroratini, shamol tezligi va yo’nalishini aniqlash; yer osti va yer usti suvlarini oqim miqdorini, tarkibini va boshqa ko’rsatkichlarni aniqlash hamda Suv kadastrini yuritish ishlari bilan yaqindan tanishib, mutaxassislar fikrlarini oldilar.

O’zbekistondagi 97 meteostantsiyalarni eng qadimgi 150 yil oldin bunyod etilgan Toshkent meteostantsiyasida iqlim ma’lumotlarini olishni o’rganish jarayonidan lavhalar. Toshkent meteostantsiyasi 1865 yil ishga tushirilgan bo’lib, hech qaerga ko’chirilmaganligi bilan ham noyob. Bu Toshkent shahridagi eng baland nuqta bo’lib, dengiz sathidan 466 m badlandda joylashgan. Iqlim ma’lumotlar har 3 soatda o’lchanadi. Har kuni soat: 3-5-8-11-14-15-20-23larda doimiy kuzatuvlar olib boriladi. Bo’lajak gidrogeologilarimiz Gidrogolik kuzatuv tarmog’i bo’limiga ham bordilar.

U yerda mutaxassis Gulnoza Hamdamova olib boriladigan ishlar bilan batafsil tanishtirdilar. Daryodalardagi 19 ta stantsiyalarda suvlar nazorati umumlashtiriladi. Daryolardagi kuzatuv nuqtalarida suv sarfi va sathi ma’lumotlari olinadi.Talabalar tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olindi.Ekskursiya o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati