“Odob – kishining ziynati”
Joriy yilning 17 sentyabr kuni GM, KSXET, GTS fakulteti 1-2-3-4 kurs talaba qizlari bilan institutning bir guruh xotin qizlar kengashi a'zolari birgalikda “Qizlarning odob-axloqi va kiyinishi madaniyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazishdi. Tadbirda kiyinish, odob-axloq masalasiga oid so‘rovnoma olindi. Davra suhbatida kiyinish madaniyatiga insoniyat jamiyatida bunchalik katta e'tibor berilishning boisi, “arzimagan narsa-ku”, deb qarash xato ekani qolaversa, insonning kiyinishi uning ichki-ma'naviy dunyosining sirtda aks etishi, deyish mumkinligi va qaysi insonda uyat, hayo, or-nomus kabi tushunchalar bo‘lsa, o‘sha inson o‘z obro‘sini saqlaydigan, boshqalarning nafratini qo‘zitmaydigan holatda kiyinishi to‘g‘risida fikrlar yuritildi. Tadbirda xotin qizlar kengashi a'zolaridan: R. Gazieva, M. Muhamedova, D. Xursandova, Z. Beknazarova, M. Hakimova, H. Botirova va TTJ tarbiyachi pedagoglari: D. Shukurullaeva, N. Isoqulovalar faol qatnashishdi va talaba qizlarni qiziqtirgan savollarga sidqidildan javob berishdi. Kengash a'zolari va talaba qizlar o‘rtasida yil davomida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlar rejalashtirib olindi. Tadbir qizg‘in tarzda o‘z poyoniga yetdi.
Institut psixologi M.K.Muxamedova axboroti