Masofaviy ochiq muloqot

Аgroturizm - kishilarning doimiy yashash joylaridan muayyan muddatga dam olish, sport bilan shugʼullanish, sogʼlomlashtirish, maʼrifiy-maʼnaviy kabi vazifalarni koʼzlagan shakldagi qishloq tabiati, hayot tarzi, qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishi, uning mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish bilan bogʼliq boʼlgan obʼektlarga uyushtiriladigan, tashkil etiladigan sayohatlardir. 03.02.22 Kuni soat 9.00.da Tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish fanidan «Аgroturistik kartalarni tuzish» mavzusi boʼyicha ochiq dars masofadan zoom platformasi orqali oʼtkazildi. Maʼruzachi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Botanika va ekologiya” kafedrasi dotsent v.b. PD Yakubjonova Shoxsanam Toshkanboevna agroturistik kartalarni tuzishda maʼlumotlarni toʼplash, tuzish yoʼllari, marshrutlarni tashkil etish, Fargʼona turistik rayonini turistik imkoriyatlarini kartada aks ettirilishi yuzasidan maʼlumotlar berdi. Аgroturistik kartani tuzish yuzasidan talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Аgroturizm obʼektlari sifatida: (agrolandshaftlar) – ular oʼziga xos koʼrinish va hududiy tashkil etish xususiyatlariga, mahsulot yetishtirish texnologiyalari zanjiriga, mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilishning hududiy farqlariga, agroturistik salohiyatga ega boʼladi;

  1. agrar sohaning bir-biridan tubdan hududiy farq qiladigan makrozonal turlarining mavjudligi: choʼl (sahro) tekislik, sugʼoriladigan antropogen tekislik, togʼ zonalari qishloq xoʼjaligi;
  2. qishloq xoʼjalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va realizatsiya qilish bilan bogʼliq boʼlgan etnografik odatlar, texnologiyalar, voqea, hodisa va jarayonlarning mavjudligi;
  3. qishloq aholisining tarixan shakllangan, oʼziga xos agroturistik xususiyatga ega boʼlgan turmush tarzi bilan bogʼliq milliy oʼziga xoslik (anʼanalar, urf-odatlar, marosimlar) kabilar xizmat qilishi tushuntirildi.

Masofaviy ochiq muloqot darsida 2-3-kurs Geodeziya va geotinformatika yoʼnalishi talabalari toʼliq, hamda 213-214 Yerni masofadan zondlashdi innovatsion texnologiyalar guruhi talabalari qatnashib, qiziqarli va kerakli maʼlumotlarga ega boʼldilar.  “Geodeziya va geinformatika” kafedrasi dotsenti O.Roʼziqulova axboroti

Universitet matbuot xizmati