“AQL – QALBDAGI NUR”

Joriy yilning 3- fevral kuni YeRB fakulteti 104-105-106-206-guruh talaba yoshlari va YeRB fakulteti tyutori D. Xursandovalar bilan institut psixologi M.K. Muxamedova ZOOM platformasi orqali “Intellektual olamga sayohat”mavzuida seminar trening o'tkazdi. Tadbir talabalarning intellektual saviyalarini oshirishga mo'ljallangan qiziqarli topishmoq va jumboqli so'z o'yinlari bilan boshlandi.

Tadbirda ta'til davrida talabalarga ruhiy motivatsiya berish, ularda yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olishga mo'ljallangan mashg'ulotlar tashkil etildi. Assotsiativ testlar o'tkazildi va interpretatsiya qilindi.  Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi.  Ayniqsa Hakimov Alyorbek, Nazarov Firuz, Karimov O'rolbek, Irisqulova Marhabo, Badriddinov Akobirlar juda faol ishtirok etishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda yakunlandi.

 


TIQXMMI MTU matbuot xizmati