Savol-javob

Savol: Royhatdan otish davomida telefonimga sms kelmayabdi.

Javob: Royhatdan o`tish uchun hisob raqamingizda kamida  40  som miqdorida mablag bolishi lozim. Tizimda sms habar xizmati mavjud bolib, ushbu xizmatdan foydalanganlik uchun har bir sms habariga 40 som miqdorida tolov aloqa operatorlari tomonidan undiriladi.

Savol: Tizimga kirish uchun parolni unutib qo‘ydim. Qanday qilib parolni tiklashim mumkin?

Javob:  Parolni qayta tiklash uchun, kirish menyusiga o‘tasiz hamda  Parolni unutdingizmi havolasi ustiga bosasiz hamda telefon raqamingizni qaytadan yuborasiz. Sizga tizimga kirish uchun yangi parol sms shaklida yuboriladi.

Savol: JSH SHIR nima ?

Javob: JSHSHIR  buJismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami hisoblanadi.

Savol: Tizimga kirish uchun login va parolni qayerdan olaman ?

Javob: Tizim orqali ro‘yhatdan o‘tish tugmasi yordamida login sifatida telefon raqamingizni yozasiz va siz uchun eslashga qulay bo‘lgan parolni ikki marotaba kiritasiz. Sizga sms habarnoma orqali kod keladi. Mana shu kod bilan login va parolingizni aktivlashtirasiz.

Savol: Diplom ilovamni tizimga yuklash imkoniyati bo‘lmayabdi.

Javob: Diplom ilovani pdf formatda 10 mb dan kichik hajmda yuklash lozim. Rasm(jpeg, jpg) ni pdf formatga o‘tkazish bo‘yicha video yo‘riqnomaga qarang.

Savol: Test sinovlari topshirish hududi deganda nimani tushunish kerak ?

Javob:  Test sinovlari topshirish hududi deganda, Davlat test markazi tomonidan olinadigan chet tili test sinovlari bo‘lib o‘tadigan  hudud nazarda tutilgan. Bunda siz o‘zingizga qulay bo‘lgan test topshirish hududini tanlash imkoniyatiga egasiz. Mutaxassislik fanidan imtihonlar esa, siz tanlagan oily ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan joylarda tashkil etiladi.

Savol:  Ro‘yhatdan tovliq ovtib Ariza yuborishtugmasini bosdim. Meningh arizam qachon ko‘rib chiqiladi.

Javob: 15-iyuldan boshlab oily ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 1-qadamda ariza dastlab siz topshirmoqchi bo‘lgan OTM tomonidan turdosh yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. 2-qadamda ariza siz tugatgan OTM tomonidan diplom ilovasidagi fanlarning o‘rtacha bali kiritilib tasdiqlab beriladi.

Savol:  transfer.edu.uz  tizimidan ro‘yhatdan o‘tish bo‘yicha yovriqnoma mavjudmi? 

Javob: Ro‘yhatdan o‘tish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma bilan ushbu havolaga o‘tish orqali tanishishingiz mumkin.

Savol:   O‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qachon beriladi ?

 Javob: O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha arizalarni taqdim etish –har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar  transfer.edu.uz  platformasi orqali amalga oshiriladi.

Savol: Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi ?  Masalan, kunduzgidan kechkiga , sirtqidan kunduzgiga va h.k.

Javob: Ha, bir ta’lim shaklidan boishqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda mumkin emas. Quyida birma-bir ko‘rib chiqamiz.

KUNDUZGI ta’limdan quyidagilarga ruxsat etiladi:

-kunduzgi;

-sirtqi;

-kechki (smenali).

Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.

SIRTQI  ta’limdan ruhsat etiladi:

-kunduzgi;

-sirtqi;

-kechki.

Sirtqi ta’limdan maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.

Kechki ta’limdan ruhsat etiladi:

-kunduzgi;

-kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida).

Kechki ta’limdan  sirtqi, maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.

MAXSUS SIRTQI ta’limdan ruhsat etiladi:

-kunduzgi;

-maxsus sirtqi;

Maxsus sirtqi talimdan sirtqi, kechki va qoshma  talim dasturiga kochirib bolmaydi.

QO‘SHMA TA’LIM DASTURIDAGILAR hamda MAQSADLI QABUL qilinganlarboshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, binoan OTM ga ko‘chira olmaydi.

Savol:   Qaysi holatlarda talaba o‘qishini ko‘chirishi mumkin ?

Javob:  Agar  Farg‘onalik  talaba hozir  Samarqandda o‘qiyotgan bo‘lsa va o‘qishini o‘zining doimiy yashash manziliga ko‘chirmoqchi bo‘lsa, unda imtihonsiz va hech qanday to‘lovsiz  mos va turdosh bo‘lgan yo‘nalishga ko‘chira oladi. Agar talaba mos va turdosh bo‘lmagan boshqa yo‘nalishga ko‘chirmoqchi bo‘lsa, unda bir martalik  super-kontrakt to‘lovini to‘lash talab etiladi.

Mos va turdosh bo‘lmagan istalgan yo‘nalishga super-kontrakt to‘lagan holda o‘qisgni ko‘chirish mumkin. Masalan,  biologiyadan tibbiyotga, pedagogikadan yurisprudensiyaga va h.k.

Lekin agar talaba yuqori kurs bo‘lsa va o‘tilgan fanlar farqi katta bo‘lsa, unda bitta pastki kursdan o‘qishni ko‘chiradi, ya’ni bir(yoki ikki) yil yo‘qotishi mumkin.

Savol: Xorijiy oily ta’lim muassasasidan o‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirmoqchiman. O‘qishimni ko‘chirishim uchun imtihonni suhbat shaklida topshirsam bo‘ladimi?

Javob: Xorijdan talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha imtihonlar asosan test sinovlari shaklida, ayrim ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida o‘tkaziladi.

Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oily ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.

Savol: Men O‘zbekistondagi nodavlat oily ta’lim muassasasida 1-kursni tamomladim. Men o‘qishimni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga ko‘chirmoqchiman. Bu qanday tartibda bo‘ladi va men o‘qiyotgan oily ta’lim muassasasidan qanday hujjatlat talab etiladi?

Javob: O‘zbekistondagi nodavlat oily ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish uchun belgilangan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasidagi nodavlat oily ta’lim muassasalaridan  davlat oily ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun tanlangan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga  kirish fanlaridan imtihonlar o‘tkaziladi. Xorijiy va nodavlat oily ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish uchun ro‘yhatdan o‘tishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- reyting daftarchasi yoking emik ma’lumotnoma anskript nusxasi (bittasi bo‘lsa kifoya)

- passport nusxasi.

Savol: Xorijdan o‘qishni ko‘chirishda oilali bo‘lganlar  uchun  imtiyozlar bormi ?

Javob:  Xorijiy oily ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirishda oilali talabalarga imtiyozlar ko‘zda tutilmagan. Agar talaba xorijiy oily ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgandan so‘ng turmushga chiqqan bo‘lsa , ushbu talaba bahorgi semester  boshlanishidan oldin ham o‘qishini turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oily ta;lim muassasasiga ko‘chirish bo‘yicha  ro‘yhatdan o‘tishi va imtihonlarda ishtirok etishi mumkin.