“Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursida o’qishni xoxlovchilar diqqatiga!

Institutda amalga oshirilayotgan “Xorijiy univеrsitеtlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq хo’jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etiladigan “Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursiga professor o’qituvchilar va doktorantlar taklif etiladi. Kursda o’qishni xoxlovchilar aif-agr-eng@tiiame.uz elektron pochtasi yoki 90 321 3437 telegram raqami orqali 11 oktabrga qadar kursga yozilishlari yoki kurs haqida qo’shimcha malumotlar olishlari mumkin. Kursdagi tinglovchilar soni chegaralangan. Dars mashg’ulotlarini 18 oktabrdan boshlash rejalashtirilgan (darslarni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o’qituvchisi/doktoranti olib boradi, mashg’ulotlar xaftasiga 2 marta 4 soatdan 9 hafta davomida o’tiladi). Kurs yakunida kursni muvaffaqiyatli tugatganlar sertifikat bilan taqdirlanadi, kursda o’qish bilan bog’liq xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi.

 

Traktorlar va avtomobillar kafedrasi