Konsultant xizmatlari bo‘yicha tanlov natijasi

Institutda amalga oshirilayotgan “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi bo‘yicha so‘rov o‘tkazish maqsadida konsultant xizmatlari uchun e’lon qilingan tanlovda 3 ta konsultant-maslahatchi o‘z takliflari bilan ishtirok etdilar. Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan tushgan takliflar atroflicha o‘rganilib konsultant –maslahatchi sifatida Uzkeysservis QK xodimi Shuxrat Mirkarimov tanlab olindi. So‘rovnoma bo‘yicha ishlarni 2 oy davomida bajarilishi rejalashtirilgan.