“Traktorlar, avtomobillar va o’ziyurar mashinalarning elektron jihozlari” kursi bo‘yicha Zoom platformasi orqali onlayn seminar

“Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida Oklahoma shtati universiteti professori Paul Weckler ishtirokida shu yil 3-7 avgust kunlari “Traktorlar, avtomobillar va o’ziyurar mashinalarning elektron jihozlari” kursi bo‘yicha Zoom platformasi orqali onlayn seminar tashkil etilmoqda.

Seminar haftani dushanba-juma kunlari Oklahoma vaqti bilan soat 7.30-10.30 Toshkent vaqti bilan 17.30-20.30da o‘tkaziladi, tashkil etiladigan seminarga professor o‘qituvchilar, doktorant va magistrantlar taklif etiladi.

Seminardagi tinglovchilar soni chegaralangan. Seminarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar aif-agr-eng@tiiame.uz elektron pochta yoki 97 343 3437 telefon raqami orqali bog‘lanib kursga yozilishlari yoki kurs haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olishlari mumkin. Seminarning faol ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Traktorlar va avtomobillar kafedrasi