Nazariya va amaliyot yanada uygʼunlashmoqda

    Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, koʼz koʼrib quloq eshitmagan oʼzgarishlar amalga oshirilmoqda. Аyniqsa, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohot va oʼzgarishlarni alohida eʼtirof etish joiz.Shunday izchil amalga oshirilayotgan ishlarning yaqqol namunasi sifatida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, "Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash" hamda Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash" fakultetlari talabalari yurtimizda eng ilgʼor qurilish uchun maxsus texnikalar ishlab chiqarish bilan shugʼullanib kelayotgan “Krantas group” korxonasiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida Yoshlar akademiyasi va “Krantas group” masʼul xodimlari talabalarni ushbu korxona ish faoliyati hamda eng ilgʼor konstruktorlik byurosi jamoasi bilan tanishtirishdi. Shuningdek, talabalarga sanoat dizayni, 3D modellashtirish, arxitektura va qurilish sohalarida faoliyat yuritishni hamda ushbu sohalarga qiziquvchi yoshlarni “Krantas group” ishlab chiqarish boʼlimlari bilan yaqindan tanishdilar.

Maʼlumot oʼrnida “Krantas group” korxonasida qurilish sanoatida foydalanishga moʼljallangan 70 turdan ortiq maxsus texnikalar ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyilgan. Mashina ishlab chiqarishning toʼliq texnologik jarayoni zavodda sanoatni rivojlantirish boʼyicha jahonning soʼnggi tendentsiyalariga mos ravishda yangi turdagi maxsus jihozlar, loyihalar va ishchi rasmlari mustaqil ravishda ishlab chiqish boʼyicha oʼz konstruktorlik byurosi mavjudligi shuningdek, 3D modellashtirish tizimlari mavjudligi ushbu korxonaning salohiyati qay darajada yuqori ekanligidan dalolat beradi. Uchrashuv qizgʼin savol javob hamda muhokamalarga boy tarzda boʼlib oʼtdi. Tadbir yakunida korxona rahbarlari ushbu soha boʼyicha taʼlim olayotgan, iqtidorli talabalarni ragʼbatlantirish hamda kelajakda ushbu korxonada ishlash niyatida boʼlgan bitiruvchilarni, ishga taklif qilishdi va bunday amaliy tadbirlarni tashkil etish talabalar uchun muhimligi bu esa oʼz navbatida nazariya va amaliyotni yanada uygʼunlashtirishda katta ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlab oʼtildi.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati