AQShning Djordjiya texnologik universiteti bilan hamkorlik

Djordjiya texnologik universiteti (QS’da 72-o‘rinda) "Ekologik muhandisligi" kafedrasi mudiri Armistid Rassel TIQXMMIga hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif bilan tashrif buyurdi. O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor Bahodir Mirzaev institut rahbariyati bilan tanishtirish bilan uchrashuvni ochib berdi. Janob Rassel iliq mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. So‘ngra “Toj Mahal va sog‘liq: havoning ifloslanishiga ta’sir etuvchi omillar” mavzusida taqdimot namoyish etdi. Uchrashuv ishtirokchilaridan ko‘plab qiziqish bildirilgani uchun savol-javob qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik qilish yo‘nalishlari belgilab olindi. Janob Rassel ko‘tarinki ruhda o‘tgan muzokara uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uchrashuv so‘nggida esdalik sovg‘alari berildi.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov