“She'riyat-qalb ko'zgusi”

      2020-yil 2-dekabr kuni “Adiblar hiyobonida” O'zbekiston xalq shoiri O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov haykali oldida “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talaba yoshlari ishtirokida shoir ijodi va she'riyatini o'rganish va xotirlash maqsadida adabiy, ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi. Tadbirni fakulьtetimiz dekani R.Xakimov Abdulla Oripov ijodi va hayoti xususida o'z fikr va mulohazalari bilan ochib berdilar. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayid, Adabiyotshunos olim Ibrohim G'ofurov, “Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova, Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri aktyori O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Turg'un Beknazarov hamda Abdulla Oripovning qizlari Shoira Oripovalar qatnashdilar. Tadbirda so'z olgan shoirlar va san'atkorlar Abdulla Oripov ijodining o'ziga xos xususiyatlari, vatanparvarlik, o'z xalqiga sadoqat va tarbiyaviy ahamiyatga molik jihatlari to'g'risida o'z fikr mulohazalari, jonli ijro va she'rlari bilan tadbirga o'ziga xos fayz berishdi. Adabiy kechada fakultetning faol talabalari Abdulla Oripov ijodiga mansub she'rlar yodlab berishib, shoir she'riyati va ijodiga qiziqishlarini namoyon etishdi.

 

TIQXMM matbuot xizmati