Tanlovlar o'tkazish

Institut rektorining 2018 yil 14 sentyabrdagi 699 A/F-sonli buyrug‘iga asosan institutda ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rivojlantirish, institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida eng yaxshi intellektual mulk ob‘ektini aniqlash va ularning mualliflarini rag‘batlantirish yo‘li bilan yangi texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiuqish maqsadida “Intellektual” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha institut tashkiliy qo‘mitasi tuzilgan.

Mazkur qo‘mitaning tanlovlarni o‘tkazish bayoni qarorlari hamda institut rektorining, ya‘ni innovatsion kengash raisining buyrug‘i asosida “Intellektual” tanlovi g‘oliblari aniqlanib, mualliflar moddiy rag‘batlantiriladilar:

“Intellektual” tanlovi nominatsiyalari:

Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida:

“Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma‘lumotlar bazasi”, “Eng yaxshi EHM dasturi” “Eng yaxshi avtorlik huquqi” nominatsiyalari bo‘yicha.

Talabalar o‘rtasida:

“Eng yaxshi ishlanma”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Yaratilgan EHM dasturi” nominatsiyalari bo‘yicha.

O‘TKAZILGAN TANLOV NATIJALARI:

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA:

a) “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Organik chiqindilarni qayta ishlash usuli va uni amalga oshirish qurilmasi” uchun Usmanov Kamoliddin Eshkulovich, Qayumov To‘lanboy Xolmirzayevich, Xakimov Baxodir Bozorovich, Sultanov Mansur – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

b) “Eng yaxshi foydali modelnominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Gruntning suv berish koeffitsiyentini aniqlash uchun asbob” qurilmasi uchun Bakiyev Masharif Ro‘zmetovich, Muslimov Turavoy Djurayevich, Djabbarova Shaxnoza Akramjonovna, Masharifov Umidbek Xushnudbek o‘g‘li – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

2 - o‘rin – “Yarim o‘tkazgichli koordinatli sezuvchan detektor” qurilmasi uchun, Muminov Ramizulla Abdullayevich, Radjapov Sali Ashirovich, Toshmuradov Yorqin Kaxramonovich, Risaliyeva Sharipa, Radjapov Bekjan Saliyevich – eng kam oylik ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdorida;

c) “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar ba’zasinominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Vychisleniya opredeliteley lentochnoy matritsy dlya prizmaticheskix konstruksiy s uprugimi i vyazkouprugimi xarakteristikami” ishlanmasi uchun, Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, Mavlanov Tulqin Mavlanovich, Yarashov Javlon Adambayevich, Toshmatov Elyor Sobirovich – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

2 - o‘rin – “SC040Z Sobstvennыe kolebaniya vyazkouprugix osesimmetrichnыx obolochechnыx konstruksiy” ishlanmasi uchun, Mavlanov Tulqin Mavlanovich, Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, Yarashov Javlon Adambayevich, Toshmatov Elyor Sobirovich – eng kam oylik ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Turli usullar bilan yer resurslari qiymatini baholash uchun dastur” ishlanmasi uchun, Abdullayev Zafar Sayfutdinovich – eng kam oylik ish haqining 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Programma dlya rascheta rasxoda vodы vodoslivov Tompson i Chipoletti” ishlanmasi uchun, Fatxulloyev Alisher Mirzotilloyevich, Irismatova Aziza Israilovna, Hamroqulov Jasur Sayli o‘g‘li - eng kam oylik ish haqining 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida;

d) “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Yerlarni tekislashda tuproq zichligini teng taqsimlanish koeffitsiyentini aniqlash” ishlanmasi uchun, Shaymanov Nizomiddin Omanqulovich, Muradov Rustam Anvarovich – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

e) “Eng yaxshi avtorlik huquqi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Qurilish mashinalari fanidan elektron darslik” ishlanmasi uchun, Imomov Shavkat Norboyevich, Bekchanov Faxriddin Atabayevich – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

TALABALAR O‘RTASIDA

а) “Eng yaxshi ishlanma” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Yopiq gorizontal drenajni tozalash ishlarini mexanizatsiyalash” ishlanmasi uchun Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti, 4 – kurs talabasi Meyliqulov Saidali To‘ychi o‘g‘li – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;

2 - o‘rin – “Namlik va haroratni o‘lchash qurilmasi” uchun, Gidromelioratsiya fakulteti, 2 - kurs talabasi Karimova Durdona Fazliddin qizi – eng kam oylik ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Atrof muhitni asl holatida saqlab qolish, aholi turmush tarzini yaxshilash” ishlanmasi uchun, Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti, 3 - kurs talabasi Axmedov Ma’murjon Maxmudjon o‘g‘li – eng kam oylik ish haqining 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Kollektor – zovur suvlaridan qayta foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ishlanmasi uchun, Gidromelioratsiya fakulteti, 4 - kurs talabasi Jalilov Srojiddin Muxiddin o‘g‘li - eng kam oylik ish haqining 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida;


b) “Yaratilgan EHM dasturi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin – “Mobil aloqalarda kanallarda suv sarfini hisoblash uchun dastur” i uchun, Gidromelioratsiya fakulteti 2 - kurs talabasi Manzirboyev Ulug‘bek – eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida;
2 - o‘rin – “Nauchno-prakticheskoye predlojeniye po sozdaniyu mobilnogo prilojeniye – pod nazvaniyem “MOBIL IZMERITEL”” dasturi uchun, Yer resurslarini boshqarish fakulteti, 4 - kurs talabasi, Abdullayev Otabek Zoxid o‘g‘li – eng kam oylik ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdorida;

3 - o‘rin – “Raschet kapelnogo orosheniya” dasturi uchun, Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash fakulteti 4 – kurs talabasi, Abdulxayev Eraj Abdushukur o‘g‘li - eng kam oylik ish haqining 2,5 (ikki yarim) barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirilsin.


СОВРИНДОРЛАРНИ ТАҚДИРЛАШ ТАНТАНАЛИ МАРОСИМИ 18 ЯНВАР 2019 ЙИЛ  СОАТ 1000 ДА ИНСТИТУТ МАДАНИЯТ САРОЙИДА ЎТКАЗИЛАДИ