Boshlang'ich tashkilot yetakchisi
Rasulov Davronbek Davlatjon oʻgʻli
Yoshlar yetakchisi, bakalavr
Теl.: +99871-237-19-33
Email: rasulovdavronbek90@gmail.com
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi Rasulov Davronbek Davlatjon oʻgʻli 1998-yil 9-iyulda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tavallud topgan. 2014-2015- yil, Bog‘dod tumani “Iqtisodiyot va maishiy xizmat” kasb- hunar kollejida “Transport boshqaruvi va texnik servisida” mexanik yordamchisi. 2014-2017- yil Bog‘dod tumani “Iqtisodiyot va maishiy xizmat kasb hunar kollejida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari kotibi bo‘lib faoliyat olib borgan. 2018-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining 1- bosqichiga oʻqishga qabul qilingan. 2020-yildan Fakultet yoshlar yetakchisi, 2021-yil 14-iyundan to hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi, institut rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.