Foydali ma'lumotlar

XAB bu – (ingliz tilida-“hub”) eng koʻp faoliyat yuritadigan narsaning markazi yoki asosiy qismi

Ta'limda XAB - u ta'lim turining ko'p funktsional markazi bo'lib, unda har bir kishi har qanday turdagi ta'lim xizmatni belgilangan narxda yoki bepul olishlari mumkin. Markazlarda turli xil madaniy tadbirlar, uchrashuvlar, ilm-fanning turli sohalari va yo'nalishlari bo'yicha ilmiy va amaliy ishlar, shuningdek  innovatsion g'oyalarni amalga oshirish va shu kabilar bo'yicha ma'ruzalar bo'lib o'tadi. Yosh mutaxassis va olimlar o'rtasida tajriba orttiriladi va almashiniladi. Markazda turli yo'nalishlar bo'yicha o'quv kurslari ham mavjud bo'ladi.